Аholi jon boshiga YaIMning oʼsishi sekinlashdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 % ga oʼsdi. Ushbu koʼrsatkich 2021-yilning mos davrida 5,3 % ga oʼsgan edi.

Joriy yilda aholi jon boshiga YaIMning oʼsishi oʼtgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 % ga sekinlashgan.

Yillar kesimida aholi jon boshiga YaIMning oʼsish (kamayish) surʼatlari:

    2018-yil yanvar-sentabr – 3,8 %
    2019-yil yanvar-sentabr – 3,7 %
    2020-yil yanvar-sentabr – -1,4 %
    2021-yil yanvar-sentabr – 5,3 %
    2022-yil yanvar-sentabr – 3,6 %