Air Marakanda Samarqand aeroportida Qanot Sharqning ilk yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

“Air Marakanda” aviakompaniyasi Samarqand xalqaro aeroportida “Qanot Sharq” aviatashuvchisining ilk yo‘lovchi reysini amalga oshirdi. Birinchi muntazam reys Toshkentdan Moskvaning Vnukovo aeroportiga amalga oshirildi.
Endi bahor-yoz jadvali doirasida “Qanot Sharq” aviakompaniyasining Samarqand xalqaro aeroportiga/dan Toshkent, Moskva (Vnukovo) va Sankt-Peterburgga qatnovlari amalga oshiriladi.
Chorshanba va payshanba kunlari Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga parvoz soat 13:10 da amalga oshiriladi. Shuningdek, payshanba kunlari soat 00:25 da aviakompaniya Sankt-Peterburgga parvozlarni amalga oshiradi. Toshkentga parvozlar juma kunlari soat 00:45 da amalga oshiriladi. Parvoz jadvali Samarqand shahrining mahalliy vaqtiga muvofiq ko‘rsatilgan.
Qanot Sharq aviakompaniyasining barcha reyslari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumot o’rnida: AIR MARAKANDA 2020-yilda aeroportlarni boshqarish, yo'lovchilar va aviakompaniyalarga qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatish, jumladan bagaj, yuk, pochta jo'natmalari va samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatishni osonlashtirish uchun tashkil etilgan.






