Alibabada O‘zbekiston milliy onlayn paviloni faoliyati yo’lga qo’yiladi

Joriy yilning sentabr oyida Alibaba.com platformasida O‘zbekiston milliy onlayn paviloni ishga tushadi.

Ma’lum qilinishicha, 5-avgust kuni Xitoy vakillari O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Alibaba.com platformasining imkoniyatlari haqida kengaytirilgan taqdimot o‘tkazgan.

P.S. 1999-yilda tashkil etilgan va qarorgohi Chjejiang provinsiyasi Xanchjou shahrida joylashgan Alibaba Group Xitoyning eng yirik elektron tijorat IT kompaniyasi hisoblanadi. U Taobao.com, Tmall, Alibaba.com va AliExpress, shuningdek, dunyodagi eng yirik bulutli hisoblash infratuzilmalaridan biriga, media va ko'ngilochar aktivlarga egalik qiladi. Alibaba.com — dunyoning 190 ta davlatida faoliyat yurituvchi bozor sanaladi.