Alixan Smailov - Qozog‘istonning yangi Bosh vaziri

Asqar Mamin iste’foga chiqqanidan so’ng Qozog‘iston hukumati rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Alixan Smailov mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Asqar Mamin iste’foga chiqqanidan keyin hukumat rahbari vazifasini bajaruvchi Alixan Smailovni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi.
Alixan Smailov (1972 - yilda tug‘ilgan) 2019 - yil fevralidan beri bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Moliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U 1999 - yilda Qozog‘iston Statistika agentligiga rahbarlik qilib, davlat organlarining rahbarlik lavozimlarida ishlay boshlagan. So‘ngra, yillar davomida u Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Moliya vaziri o‘rinbosari, Milliy iqtisodiyot vazirligi statistika qo‘mitasi raisi, Qozog‘iston prezidenti yordamchisi bo‘lib ishlagan.
2018 - yil sentabridan 2019 - yil fevraligacha Moliya vaziri bo‘lgan.






