AQSH endi xalqaro soliqlarning yangi turini o‘ylab topdi

Amerika qo‘shma shtatlarixalqaro miqiyosidagiyirik kompaniyalar uchun yangi soliq turini joriy etishni taklif etmoqda. Ushbu soliq turining mohiyati shundaki, yirik kompaniyalar qaysi mamlakatda sovdo amaliyotini amalga oshirsa o‘sha mamlakatga soliq to‘laydi.Bunday taklif va reja AQSH moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu yangi qoidalar faqat 100 ga yaqin kompaniyalarga ta’sir ko‘rasatadi. Shu jumladan Amerikaning texnologiya bilan bog‘liq gigantkorporatsiyalari ham ushbu qoida asosida soliq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.AQSHning ushbu taklifi qabul qilinsa boshqa mamlakatlar ham o‘zlaridagi yirik kompaniyalardan yangi tartib bo‘yicha olgan soliqlaridan daromadlarini oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Sababi, shu kungacha aksariyat davlatlarda bu katta xajmda savdo-iqtisodiy amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar past stavkada soliq to‘lab kelgan.Xulosa qilib aytganda qaysi kompaniyaning maxsulot va xizmatlaridan qaysi davlatlar foydalansa o‘sha davlatlarga soliq to‘lashi kerak bo‘ladi.Hozirda AQSH ushbu taklifni 135 ta mamlakatga yubordi. Ushbu masala ayni kunda xalqaro soliq tizimidagi tuzilmalar tomonidan muhokama etilmoqda.