AQSh O‘zbekistonga qiymati 2,8 mln dollarlik jangovar transport vositalarini taqdim etdi

AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko’ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi quruqlik kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Vendul Xagler 50 ta yengil taktik jangovar transport vositalari — Polaris MRZRni O‘zbekiston mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar kuchlariga topshirgan. Avtomobillar 2,8 mln dollarga baholanmoqda.

Texnika AQSh mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «hamkorlar salohiyatini oshirish» dasturi orqali taqdim etildi. Avtomobillar 2,8 mln dollarga baholanmoqda va O‘zbekistonga bepul taqdim etilgan Amerika mudofaa mahsulotlarining bir qismini tashkil etadi.