АQSh prezidenti Jo Bayden 2021-yildagi daromadlariga oid hisobotni eʼlon qildi

Qayd etilishicha, Bayden rafiqasi Jill bilan birga 610,7 ming dollar daromadga ega bo’lib, 174,4 ming dollarni hayriya ishlariga sarflagan.

Shundan 5 ming dollari Bo Bayden nomidagi bolalarni himoya qilish fondiga yo’naltirilgan.

Shuningdek, Baydenlar oilasi oʼtgan yil davomida 150,4 ming dollar federal soliq toʼlagan. Bu esa daromad soligʼining 24,6 foizni tashkil qilgan.

Maʼlumot uchun, Jo Bayden prezidentlik lavozimida 378,3 ming dollar daromad topgan. Rafiqasi esa oʼqituvchi sifatida 67 ming dollarga ega bo'lgan.