AQSH Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga tabrik yo‘lladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va O'zbek xalqiga Navro‘z bayramiga tabrik yo'lladi.

"Amerika xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llamoqdaman.

O‘tgan yil davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlarimiz xavfsizligi va farovonligini ta’minlash maqsadida birlashdi.

Ushbu uyg‘onish va yangilanish mavsumida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va o‘zaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari sa’y-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz do‘stligi yanada mustahkamlanishiga ishonaman." - Jozef Bayden.