AQSh Savdo vazirligi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16-oktabr kuni AQSh Savdo vazirligi vakillarining Toshkentga kelishi kutilmoqda. Delegatsiyaga AQSh savdo vazirining o‘rinbosari Marisa Lago rahbarlik qiladi.

Tashrif doirasida, Amerika delegatsiyasi bir qator vazirlik va idoralarda uchrashuv hamda muzokaralar olib boradi, Amerika va O‘zbekiston ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyuradi.

Bundan tashqari, Marisa Lago O‘zbekistondagi Amerika Savdo palatasi a’zolari bilan AmCham Uzbekistan axborot uchrashuvini o‘tkazadi. Shuningdek, u AQSh Savdo vazirligining Qisqa muddatli biznes amaliyotlari maxsus dasturi («SABIT») bitiruvchilari va O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi vakillari bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.