АrMI—2022: O‘zbekiston navbatdagi bosqichida ham g‘olib bo’ldi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, АrMI—2022 VIII Xalqaro armiya oʼyinlari doirasida oʼtkazilgan "Yoʼl patruli" musobaqasining mutlaq gʼolibi deya topilgan Oʼzbekiston jamoasi oltin medallar bilan taqdirlandi.
“Yo‘l patruli” musobaqasida O‘zbekiston, Rossiya, Eron va Belarus terma jamoalari ishtirok etib, unda hamyurtlarimiz birinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro armiya o‘yinlari 13-27-avgust kunlari 12 davlatda o‘tkazilmoqda. Ularda dunyoning 37 davlatidan 5000 dan ortiq harbiy xizmatchilar qatnashmoqda.
Bu yil O‘zbekiston 34 yo‘nalishni qamrab olgan 20 ta musobaqada ishtirok etmoqda.






