ArMi-2022: O‘zbekiston harbiylari eng kuchli uchlikda

2022-yilgi Armiya o‘yinlari bosh hakami, general-polkovnik Aleksandr Lentsov brifingda ma’lum qilganidek, O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan birgalikda 2022-yilgi Xalqaro armiya o‘yinlari yetakchilari uchligidan joy oldi.

“Otlar marafoni”da Mo‘g‘uliston birinchi, Rossiya va O‘zbekiston 2-chi, Zimbabve terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. “Elbrus halqasi” musobaqasida Rossiya yetakchi, undan keyin O‘zbekiston va Xitoy.

Sankt-Peterburgda “Harbiy tibbiy estafeta” musobaqasida O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan birga kuchli uchlikdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Xalqaro armiya o‘yinlari 13-27-avgust kunlari o‘n ikki davlatda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda besh yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.