Avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilindi

1 - yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun YHXBda undiriladigan yig‘imlar bekor qilindi. Hozirga qadar yangi avtomobil xarid qilinganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi.

Joriy yilning 1 yanvar kunidan kuchga kirgan “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im nazarda tutilmagan. Bundan kelib chiqadiki, 2022 yil davomida bunday yig‘im undirilmaydi.

Shu vaqtgacha yangi (foydalanishda bo‘lmagan) avtotransport vositalari bo‘yicha xarid qilish narxining 3 foizi miqdorida yig‘im undirilar edi.

Ikkilamchi bozordan mashina xarid qilinganda esa ishlab chiqarilgan yiliga qarab, har bir ot kuchi uchun 29,7 ming so‘mgacha yig‘im undirilgan.