Axborot texnologiyalari vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Doniyor Rustamov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Doniyor Rustamov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Doniyor Rustamov shu vaqtga qadar Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Doniyor Rustamov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.






