Аyol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi 7 trln soʼmga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʼzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 22,6 trln. soʼmni tashkil etgan.
Аyol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 trln. soʼmga oshgan.






