Ayrim fuqarolar tomonidan oʼlim jazosini tiklash haqidagi takliflar ilgari surilmoqda

“Аgar sizlar qoʼllab-quvvatlasangiz, Konstitutsiyamizga “Oʼzbekistonda oʼlim jazosi taqiqlanadi”, degan yana bir muhim normani kiritishni taklif qilaman”, - Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Tarixiy tajriba shuni koʼrsatadiki, insonning qadr-qimmati avvalo uning tabiiy yashash huquqida namoyon boʼladi.

Bu – eng ulugʼ va muqaddas qadriyatlarimizdan biridir.

Maʼlumki, biz oʼlim jazosi tayinlanadigan jinoyatlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirib, bu jazoni toʼliq bekor qildik.

Shunga qaramay, ayrim fuqarolar tomonidan oʼlim jazosini tiklash, uni jinoyat qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ham ilgari surilmoqda.

Vaholanki, demokratik va insonparvar gʼoyalarni oliy qadriyat darajasiga koʼtargan dunyodagi aksariyat davlatlarda oʼlim jazosi bekor qilingan.

Chunki yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi boʼlib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning oʼzi ato etgan.

Аgar sizlar qoʼllab-quvvatlasangiz, Konstitutsiyamizga “Oʼzbekistonda oʼlim jazosi taqiqlanadi”, degan yana bir muhim normani kiritishni taklif qilaman.

Shu tariqa, biz bu oʼta jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligimizni, insonparvarlik gʼoyalariga sodiq ekanimizni butun dunyoga yaqqol namoyon qilamiz".