Bag‘dod Amreyev Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuv o‘tkazdi

2021-yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va TTDHK o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri B.Amreyevni Qo‘qon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlari yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Tomonlar Qo‘qon shahrining Turkiy dunyoning birinchi turizm poytahti deb e’lon qilinganligi to‘g‘risidagi qarorni e’tirof etdi.