Berlusconi financiaria fondi Prezidenti Paolo Berluskoni ilk bor Oʼzbekistonda

BMB Trade Group kompaniyasining strategik hamkori Italiya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoning ukasi, “Berlusconi financiaria” investitsion fondi Prezidenti Paolo Berluskoni ilk bor Oʼzbekistonga tashrif buyurdi.
Unga kompaniyaning yana bir hamkori “Energy systems” kompaniyasi Prezidenti Roberto Tuchchi ham hamrohlik qilmoqda. Tashrif doirasida mehmonlar Oʼzbekiston Respublikasi xukumat aʼzolari bilan uchrashadilar.
Shu bilan birga, mehmonlar milliy futbolimizning 110 yilligiga bagʼishlangan tadbirlar kulminatsion nuqtasi boʼlgan Oʼzbekiston va Italiya А seriyasi afsonalari oʼrtasidagi uchrashuvda ham ishtirok etishlari rejalashtirilgan.






