BMB-Agroklaster oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda o‘z xissasini qo‘shishda davom etmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2021 yildagi "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-52-son qaroriga asosan mamlakatimizda oziq-ovqat klasterlari joriy etilib, bu borada aniq ijobiy natijalar kuzatilmoqda.
Unda meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va sotish (eksport qilish) jarayonlarini o‘zaro integratsiya qilish, klasterlar (kooperatsiya) faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmini oshirish asosiy maqsad etib belgilangan edi.
Mazkur dolzarb vazifalarni bajarish maqsdadida “BMB-Agroklaster” korxonasi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda meva-sabzavotchilik sohasida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va eksport qilish jarayonlarini o‘z ichiga qamrab, Jizzax viloyatining Arnasoy, Sharof Rashidov hamda G‘allaorol tumanlarida yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib kelmoqda.
Tashkilot tomonidan bugunga qadar yetishtirilgan kartoshka, pomidor va poliz ekinlari hosili olinib, ichki bozorlarga yetkazib berildi.
Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan tumanlarda joylashgan fermer xo‘jaliklari bilan kooperatsiya usulida ekilgan yuqori sifatli ertapishar sarimsoq urug‘lari serhosil bo‘lib unib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, BMB-Agroklaster korxonasi tomonidan yetishtirilayotgan sarimsoq piyozi va boshqa turdagi ekinlar ichki iste’mol bozorlarini sifatli mahsulot bilan ta’minlash va chet el bozorlariga eksport qilish uchun yo‘naltiriladi.
Shuni ham aloxida ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik sub’ektlari hamda banklar o‘rtasidagi ishonch asosida qurilgan o‘zaro manfaatli munosabatlar qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga, shuningdek milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.






