BMB Trade Group kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasida oʼz vakolatxonasini ochdi

Joriy yilning 14-iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi yirik iqtisodiy jihatdan rivojlangan Shandong provinsiyasining Sindao shahri markazida joylashgan SCO International Trade center binosida BMB Trade Group kompaniyasining vakolatxonasi o’z faoliyatini boshladi.

Bu, oʼz navbatida, xitoylik hamkorlarimiz va tadbirkorlik subyektlari bilan yanada yaqinroq faoliyat olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Soʼnggi yillarda BMB Trade Group kompaniyasi koʼpsonli Sharq mamlakatlari qatorida jahon iqtisodiyotida katta ulushga ega boʼlgan Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalari bilan koʼplab yoʼnalishlarda hamkorlik qilib kelayotgan edi.

Xususan, xitoylik doʼstlarimiz hamkorligida kompaniyamiz tomonidan Oʼzbekistonda yetishtirilayotgan quruq meva va dukkakli mahsulotlar eksporti hamda mamlakatimizga Chin davlatidan yuqori texnologiyalar asosida yaratilgan asbob-uskunalar importi keng yoʼlga qoʼyilgan edi.

Xitoy Xalq Respublikasida BMB Trade Group kompaniyasi vakolatxonasining ish boshlashi yuqorida qayd etilgan va boshqa bir qator savdo-iqtisodiy yoʼnalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qulay shart-sharoit va imkoniyatlarni ochib beradi.