BMT: Gender tengligini taʼminlash iqtisodiyotni 12 trillion dollarga oshiradi

Tokiodagi Butunjahon ayollar assambleyasining ochilishida BMT Ayollar bo‘yicha ijrochi direktori Sima Sami Baxusning ta’kidlashicha, ish joyida gender tengligini ta'minlash 2025-yilga borib jahon iqtisodiyotini 12 trillion dollarga oshirishi mumkin.

"Dunyodagi mehnatga layoqatli aholining yarmini tashkil etuvchi ayollar o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarmasa, gender tengsizligi katta iqtisodiy muammoga aylanadi. Ayollar tengligini ta'minlash 2025-yilga borib global o‘sishga 12 trillion dollar qo‘shishi mumkin", - deydi u.

Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi yillarda dunyoda ayollarning jamiyatdagi mavqeini yaxshilash tendensiyasi kuzatilmoqda, biroq pandemiya bu jarayonga salbiy taʼsir koʻrsatib, oiladagi zoʻravonlikning kuchayishiga va ayollar oʻrtasida ish vaqtining qisqarishiga olib keldi. Chunki bog‘chalar yopilgandan keyin ayollar uyda o‘z farzandlariga qarashga majbur bo‘ldilar.

P.S. Butunjahon ayollar assambleyasi yig'ilishlari 2014-yildan buyon Yaponiya tomonidan o'tkazib kelinadi. Bu ketma-ket oltinchi uchrashuvdir, chunki oldingi bir nechta uchrashuvlar pandemiya sababli bekor qilingan edi.