Boris Jonson 2030-yilgacha o‘z lavozimida qolishga ishonch bildirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hozirda egallab turgan lavozimida 2030-yillarning o‘rtasigacha qolishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
“Men uchinchi muddat va undan keyin nima bo‘lishi haqida jiddiy bosh qotiryapman. Ammo vaqti kelganda buni qadrlayman”, — dedi u va 2030-yillarning o‘rtalarigacha Dauning-stritda qolish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.






