Bu voqealar bir kunda yoki oʼn kunda tashkil qilingan emas – Shavkat Mirziyoyev

Bu harakatlarga chetdagi gʼarazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik koʼrilgan. Ularning asl maqsadi Oʼzbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish va millatlararo nizo keltirib chiqarishga qaratilgan.

Boʼlib oʼtgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish uchun Bosh prokurorning birinchi oʼrinbosari boshchiligida tergov va surishtiruv guruhi ish olib bormoqda.

Bu jarayonga xolis tomonlarni, yaʼni, jamoatchilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qilish zarur.

Shuning uchun, Bosh prokuror N.Yoʼldoshevga topshiriq – har bir holat chuqur va xolisona oʼrganilsin va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilsin.

Shu oʼrinda, kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinsin. Аgar ular tomonidan notoʼgʼri kuch ishlatilgan boʼlsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi taʼminlansin".