«Bunday ko‘rgazma yaqin 30 yilda takrorlanmaydi» - Rokko Rante

«O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko'rgazmasi kuratori Rokko Rante, ushbu ko'rgazma tarixga muhrlanishini qayd etdi.

«O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» nomli ko‘rgazma o‘ziga xosdir. Fransiyada, umuman, Yevropada ilk bor O‘zbekistondan bunday nodir eksponatlarni namoyish etmoqdamiz.

Eksponatlarning soni 130 dan ortiq, ba'zilari esa yaqindagina topilgan. Ushbu ko‘rgazma katta sa'y-harakatlar va restavratsiya ishlari, ilmiy izlanishlar samarasidir.

O‘ylaymanki, bunday ko‘rgazma yaqin 30 yilda takrorlanmaydi». deya ta'kidladi Rante.

Eslatib o'tamiz, Parijning Luvr muzeyida o'tkazilishi rejalashtirilgan «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko'rgazmasi ochilishi joriy yilning 23-noyabrda bo'lib o'tadi.