Buxoro – Istanbul – Buxoro yoʼnalishida parvozlar yoʼlga qoʼyiladi

2022-yil 15-maydan boshlab “Uzbekistan Airways” АJ Buxoro – Istanbul – Buxoro yangi xalqaro yoʼnalishi boʼyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʼlga qoʼyadi.

Parvozlar haftada ikki marotaba payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

HY-285 va HY-286 raqamli aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Buxorodan joʼnab ketish: 09:45 (Toshkent vaqti)
Istanbulga yetib borish: 12:25 (Istanbul vaqti)

Istanbuldan joʼnab ketish: 13:55 (Istanbul vaqti)
Buxoroga yetib borish: 20:05 (Toshkent vaqti)

Аviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin bo’ladi.