Og‘ar cho‘l hududida o‘suvchi o‘simliklarning pishib yetilishi va urug‘ hosildorligi o‘rganildi

Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy ishlab chiqarish markazi xodimlari Jondor tumani Og‘ar cho‘l hududida o‘suvchi o‘simliklarning pishib yetilishi va urug‘ hosildorligini o‘rgandilar.

O‘rganish natijasida baliqko‘z, yantoq, cho‘g‘on, o‘simliklari tuganaklari to‘liq shakllanganligi va ularning urug‘ hosildorligi o‘rtacha 25-30 kg./ ga. ni tashkil qilishi aniqlandi.