Chempionlarga davlat mukofotidan tashqari avtomobil berishni ham rejalashtirdik — Prezident

Bugun, 10-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurib, shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirdi.

“So'nggi 3 yilda shaxmatga oid uchta qaror qabul qildik. Nima uchun? Biz 20 yil davomida bu sohada kechikkanimiz uchun qarorlarni qabul qildim. 2026-yilgi shaxmat Olimpiadasiga endi barcha boshqacha tayyorgarlik koʻradi. “Biz chempionlar yurtiga boryapmiz”, — deyishadi.

Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivatsiya boʻladi. Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat toʻgaraklariga berishni boshlasa kerak. Shuningdek, ularga davlat mukofotlarini ham beramiz. Bundan tashqari, ularga avtomobil berishni ham rejalashtirdik. Axir ularning bokschilardan nimasi kam?”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.