DAhO majmuasi sotuvlar ofisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-dekabr kuni “Mixed-used development” konsepsiyasiga muvofiq yaratilgan DAhO majmuasi sotuvlar ofisining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. 5ta binodan iborat ansambl poytaxtning gavjum ishbilarmonlik markazida – Said Baraka va Taras Shevchenko ko‘chalari kesishmasida joylashadi. Hudud rivojlangan infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarga yaqinligi bilan ajralib turadi.

DAhO majmuasining qurilishi bilan 1969-yilda Turkiyada tashkil topgan “Koc Group” shug’ullanmoqda. Majmuaning dizayni Turkiyaning arxitektura, interyer dizayni va tarixiy restavratsiyaga ixtisoslashgan “Studio Vertebra” studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning portfoliosidan Turkiya, Germaniya, Kanada, Liviya, Ukraina, Ozarbayjon, Tanzaniya, O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar o’rin olgan.

DAhO loyihasining hamkorlaridan yana biri “InvestinOz” konsalting kompaniyasidir. Ushbu konsalting kompaniyasiga 2006-yilda Istanbulda asos solingan va u 16 yillik faoliyati davomida turli biznes yo'nalishlarida ko'plab yirik loyihalarni amalga oshirgan.

“Daho”- keng ma’noli tushuncha bo’lib, ajdodlarimizning daholiklari va ulug‘vor, ilg‘or, o’z zamonasidan oldinda bo’lgan g‘oyalarni ro’yobga chiqarishga bo’lgan intilishlarini ifodalaydi.

Turar-joy ko'chmas mulki baland bloklar yordamida ajratilgan. Turar-joy majmuasi hududidagi xotirjamlikni videokuzatuv, professional qo‘riqlash xizmati va “avtomobilsiz hovli” tushunchasi ta’minlamoqda. Faol vaqt o'tkazish uchun DAhOda fitnes markazi va yopiq basseyn ham faoliyat ko’rsatadi.

DAhOning turar-joy va ofis binolarida "kelajak uchun ishlaydigan" modulli tamoyili amalga oshirildi. Xaridorlar o'z ehtiyojlariga ko'ra joylarni birlashtirishlari va ajratishlari mumkin. Ikkita modulli xonadon osongina bitta katta oila uchun mo'ljallangan keng xonadonga aylantirilishi mumkin. Shuningdek, yer osti avtoturargohi avtomobil egalari uchun qulaylik taqdim etadi.