Davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operatsiyalar oʼtkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
Unda nuroniylar, pensionerlar, nogironligi boʼlgan shaxslar va aholining boshqa toifalarini moddiy qoʼllab-quvvatlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʼrsatishni kengaytirishga qaratilgan qator muhim vazifalar belgilanishi kutilmoqda.
Oxirgi yillarda ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalar, boquvchisini yoʼqotgan xotin-qizlar, nogironligi boʼlgan shaxslar, ogʼir kasallikka chalinganlarga gʼamxoʼrlik koʼrsatish boʼyicha yangi tizim yaratilgani taʼkidlandi.
Ushbu tizimga muvofiq, jumladan:
“Mehribonlik uylari”dagi 1,5 mingga yaqin oʼgʼil-qizlar oilalarga olindi, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bagʼrida voyaga yetishi uchun sharoit yaratildi.
Buning hisobiga, 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi;
oʼtgan yili 757 nafar bola uy-joy bilan taʼminlandi, 2022-yil yakuniga qadar yana 350 ta ajratiladi;
davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operatsiyalar oʼtkazildi;
oʼtgan yili eshitish qobiliyati zaif 555 nafar bola koxlear implant bilan taʼminlandi, joriy yilda yana 250 nafar bolaga shunday yordam koʼrsatiladi;
4 ming nafar koʼzi ojiz bolalarga Brayl alifbosi tarqatildi.






