Davlat soliq xizmati organlari tashabbuskor yoshlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlaydi


Maʼlumotlarga koʼra bundan buyon soliq xizmati organlari tadbirkorlik faoliyatini boshlashda yoshlarga amaliy yordam berishga doim tayyor.

Ushbu soʼzning tasdiqi oʼlaroq 5 nafar tashabbuskor yoshlarga faoliyatini boshlashda amaliy yordam koʼrsatildi. Jumladan, limon yetishtirish istagida boʼlgan Mamatmurodova Faridaga 245 mln soʼm miqdorida imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berildi. Yana bir boʼlajak yosh tadbirkor Kamalova Muborakka qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun planetar mikser va mikrotoʼlqinli pechь taqdim etildi.

Qonuniy faoliyat yuritib, yuqori natijalarga erishayotgan, yangi ish oʼrinlari yaratib, soliq va boshqa majburiyatlarini oʼz vaqtida bajarib kelayotgan 5 nafar yosh tadbirkorga Davlat soliq qoʼmitasi raisining tashakkurnoma va esdalik sovgʼalari topshirildi.