Davlatimiz rahbari Navoiydagi ayrim yechimini kutayotgan masalalarga toʼxtaldi

Viloyat iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligi taʼkidlandi. Tadbirkorlikni koʼproq rivojlantirish, boʼsh yotgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish lozimligi koʼrsatib oʼtildi.

Navoiyda sanoatni yanada rivojlantirish uchun juda katta zaxira va imkoniyatlar boʼlgani bilan, ular toʼliq ishga solinmayotgani qayd etildi.

Ishsiz yoshlar va yordamga muhtoj ayollar kasbga oʼqitish, bandligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Qishloq xoʼjaligida mavjud salohiyat toʼliq ishga solinmayotgani koʼrsatib oʼtildi. Navoiy hududida 8,5 million gektar yaylovlar boʼlgani bilan qoʼychilik va qorakoʼlchilik viloyatning drayveriga aylangani yoʼq.

Ijtimoiy sohada ham aholini qiynayotgan masalalar yetarli. Birgina “Tashabbusli budjet” doirasida 326 ta mahalla tomonidan 2 ming 346 ta eng dolzarb muammo koʼtarilgan.