Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig'ilishida ayrim davlat rahbarlarining soʼzlariga munosabat bildirdi

"Kuni kecha baʼzi davlat rahbarlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Qozogʼistonda boʼlib oʼtgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.

Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka boʼlgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. 

Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz", deya ta'kidladi Prezident.