Dekabrda O‘zbekistonning 7 ta maskaniga, albatta, sayohat qiling – Hindistonlik sayyoh

Chet ellik sayyoh, bloger, turizm sohasida tadbirkor, dunyoning bir nechta mamlakatlariga sayohat qilib ulgurgan Sujata Dogra aynan dekabr oyida O'zbekistonning 7 ta maskaniga borishni tavsiya qilmoqda.

Hindistonlik sayyohning ro‘yxatidan Samarqanddagi Registon maydoni, Buxorodagi Chor Minor madrasasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Toshkentdagi Amir Temur muzeyi, Jizzax va Navoiy hududlarida joylashgan Aydarko‘l ko‘li, Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi hamda Sherdor madrasasi o‘rin olgan.

“Oʻzbekistondagi muhtasham masjidlar, minoralar va oʻrta asrlarga oid islomiy yodgorliklari bilan haqiqiy hayotdagi Aladdin manzarasiga qarang. Arxitektura mo'jizalari va o'zaro kesishgan hududlar bu mamlakatning boy madaniy tarixiga ko‘z tashlash imkonini beradi va dekabr – bularning barchasini o'rganish uchun eng qulay vaqt", – deb tavsiya qiladi Dogra.

Ta’kidlash kerakki, Sujata Dogra maqolasida har bir maskanning tarixiga va o‘ziga xosligida alohida to‘xtalib o‘tgan.

P.S. Dogra O‘zbekistonga ko‘p marta tashrif buyurganini va bu unda yuqori taassurot qoldirganini bir necha bor ta'kidlagan.