Dunyo bo‘ylab Twitter ishlashi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i ishidagi muammolar butun dunyoda kuzatilgan, deyiladi xabarlarda. Shuningdek, shikoyatlarning aksariyati AQShdan kelib tushgan.

Foydalanuvchilar tizimga kira olmasligi va tvitlarni ko‘ra olmasligi haqida xabar berishgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi muammolar haqida xabarlar, Kanada, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstraliya, Pokiston, Janubiy Afrikadan ham yuborilgan.