Eksportyorlar nomiga ochilgan akkreditivlar kredit taʼminoti sifatida qabul qilinadi

Prezident eksportchilarni qoʼllab-quvvatlash mexanizmlari yanada kengaytirilishini taʼkidladi.

Jumladan, Eksport agentligi tomonidan:

eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha aylanma mablagʼ uchun resurslar ularning eksport hajmidan kelib chiqib ajratiladi;

korxonalarning xorijda omborxonalarni ijaraga olish xarajatlarini qoplab berish uchun cheklangan maydon 100 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrga oshiriladi.

Eksportyorlar nomiga ochilgan akkreditivlarni kredit taʼminoti sifatida qabul qilishga ruxsat beriladi. Yaʼni, korxona eksport qilgan kundan boshlab oʼz xizmat koʼrsatuvchi bankidan akkreditivning 80 foizi miqdorida kredit olishi mumkin boʼladi.

Klaster va toʼqimachilik korxonalarining moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga oʼtishi qoʼllab-quvvatlanadi.

Bundan buyon moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʼtish xarajatlarining 50 foizgacha qismi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi.