Elektromobillarni quvvatlantirish stantsiyalarining yangi tarmogʼi paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘i rivojlantiriladi. Maʼlumotlarga koʻra, 2022-yil oxiriga qadar elektr yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini yaratish va rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Bunda, respublikada faoliyat yuritayotgan АGTKSh, АYoQShlarda, aholi koʼp yigʼiladigan obyektlar hududlarida elektr quvvatlantirish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida quvvatlantirish stantsiyalarini oʼrnatilishi nazarda tutiladi.

Bu jarayonda kerakli uskunalarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinishiga alohida eʼtibor beriladi.