Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Oʼzbekistonga kelishi kutilmoqda

Qayd etilishicha, 2-3-iyun kunlariga rejalashtirilgan tashrif doirasida Emomali Rahmon hamda Oʼzbekiston oliy rahbariyati o’rtasida rasmiy uchrashuvlar oʼtkazilishi, uning yakunlari boʼyicha bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Boʼlajak uchrashuvlar kun tartibidan mamlakatlar oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari oʼrin olgan.
Emomali Rahmonning Oʼzbekistonga kutilayotgan rasmiy tashrifi munosabati bilan «Xovar» agentligi Tojikistonning Oʼzbekistondagi elchisi Аbdujabbor Rahmonzodaning maqolasini eʼlon qilgan. Unda aytilishicha, prezidentning Toshkentga tashrifi doirasida ishbilarmonlik uchrashuvlari, investitsiyaviy forum, mintaqaviy ilmiy-amaliy anjuman va qator madaniy tadbirlar ham rejalashtirilgan.






