Eng ko‘p haq oladigan sportchilar reytingi eʼlon qilindi

"Los-Andjeles Leykers" jamoasi aʼzosi Lebron Jeyms 2022-yilning eng ko‘p haq oluvchi sportchisiga aylandi. Basketbol ustasi yil davomida 126,9 million dollar ishlab topgan.
Sportchi bu mablag‘ning 90 millionini reklama shartnomalari orqali topgan bo‘lsa, qolganini "Los-Andjeles Leykers"dan oladigan maoshi hisoblanadi.
TOP-10 eng ko‘p haq oladigan sportchilar:
Lebron Jeyms (“Los-Andjeles Leykers”) – 126,9 mln dollar;
Lionel Messi (“PSJ”) – 122 mln;
Krestiano Ronaldu (“Manchester Yunayted”) – 115 mln;
Neymar (“PSJ”) – 103 mln;
Saul Kanelo Alvares – 89 mln;
Stefen Karri (“Golden Steyt”) – 86,2 mln;
Kevin Dyurent (“Bruklin”) – 85,9 mln;
Rodjer Federer – 85,7 mln;
Djeyms Xarden (“Filadelfiya”) – 76 mln;
Tayger Vuds – 73,5 mln.






