Erol O‘zvarning TOBB Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetiga tashrifi

Joriy yilning 29 - yanvar kuni Turkiya Oliy ta’lim kengashi Raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurdi.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi, Toshkent shahridagi TOBB Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti rektori A.Ikramov, Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar, Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiya universiteti Rektori Yusuf Sarinay, Toshkent shahridagi TOBB Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti prorektori Begmatova Diloram ishtirok etdi.
Uchrashuvni Toshkent shahridagi TOBB Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti rektori A.Ikramov ochib berdi. Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvarga tashif uchun minnatdorchilik bildirilar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, xususan, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi hamda Turkiya Oliy ta’lim kengashi va Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik aloqalari mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.






