«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyoshiga ko'ra, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi ko'zda tutilgan.

"Faol tadbirkor" ko'krak nishoni har yili 20 avgust – tadbirkorlar kuni arafasida topshirilishi belgilandi.

Shunday qilib, Prezidentning farmoni bilan "Faol tadbirkor" ko'krak nishoni bilan 100 ta tadbirkor taqdirlanadi, ular orasida:

Mamatqulov Bekzod Akmalovich – Jizzax viloyatidagi “BMB trade group” MCHJ ta’sischisi

Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich – Toshkent viloyatidagi “Toʻxtaniyoz-ota” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Akramova Muxlisaxon Mansurovna – Toshkent shahridagi “Oʻzimizniki” MCHJ rahbari

Axadov Sarvar Saidjaxonovich – Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJ rahbari

Gulamov Komron Abduzaxid o‘g‘li – Toshkent shahridagi “Akfa engineering and management” MCHJ rahbari

Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich – Toshkent shahridagi “N’medov” kompaniyalar guruhi asoschisi

To‘lqinov Baxtiyorjon Akmaljon o‘g‘li – Andijon viloyatidagi “Nil-granit” MCHJ rahbari

va boshqa qator sohaning yetuk vakillari taqdirlanishi belgilandi.