Farg‘ona Janubiy Koreyaga 52 tonna gilos eksport qildi

2021 yil 15-iyun kuni Farg'onadan Janubiy Koreyaga 52 tonna gilos yuborildi.

Farg'ona-Inchxon yo'nalishi bo'yicha "O'zbekiston havo yo'llari" yuk aviakompaniyasi 52 tonna gilos eksport qildi. Mahsulotning umumiy qiymati 246 ming dollarga teng. Gilos mahsulotlarining eksportga rasmiylashtirish jarayoni “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan amalga oshirildi.

Ta'kidlash joizki, Farg‘ona xalqaro aeroportida gilos kabi tez buziladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash va havo kemalariga yuklash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud, deb xabar beradi Mintrans.uz.