Farzandi bogʼchaga boradigan ayollarning ish vaqti qisqartiriladi

Bogʼchalarda ham navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinishi munosabati bilan, farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Аxborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 10-18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʼlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.