Finlandiya, Shvetsiya va Turkiya qoʼshma memorandum imzoladi

Xelsinki va Stokgolmning NАTOga aʼzo boʼlish istiqboli boʼyicha Madridda boʼlib oʼtgan muzokara yakunida Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya rahbarlari qoʼshma memorandum imzoladilar, deya xabar qilinadi NАTO saytida.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat Finlandiya va Shvetsiyani NАTOga qabul qilish, Turkiyaning ushbu jarayonga nisbatan eʼtirozi bilan bogʼliq muammoni yechish maqsadini koʼzlagan yoʼl xaritasi hisoblanadi.
Memorandumni Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya tashqi ishlar vazirlari uch davlat yetakchilari ishtirokida imzolashdi.
Uchrashuvda Turkiya hamda Finlandiya Prezidentlari Rejep Tayyip Erdogʼan va Sauli Niinistyo, Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Аndersson, shuningdek muzokara tashabbuskori NАTO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ishtirok etdi.






