Flydubai aviakompaniyasi Samarqanddan Dubayga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

20-sentabrdan boshlab Samarqanddan Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shahriga parvozlar amalga oshiriladi.

Samarqanddan BAAga chorshanba va shanba kunlariga, Dubay xalqaro aeroportining 3-terminalidan Samarqandga qaytish reysi seshanba va juma kunlariga belgilangan. Parvoz sayohatchilarga Dubayning xalqaro markazi orqali qulayroq ulanishlarni taklif qilish uchun Emirates bilan kodli sheriklik asosida amalga oshiriladi.

Barcha reyslar zamonaviy Boeing 737MAX samolyotlarida ikki toifali - biznes-klass va ekonom konfiguratsiyada amalga oshiriladi.

Bir tomonga chipta narxi 1400 dirham (taxminan 325 dollar), borib-kelish 1800 dirham (490 dollar) ni tashkil qiladi.