FlyNas loukoster aviakompaniyasi Jidda va Toshkent o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

FlyNas aviakompaniyasi (Saudiya Arabistoni) 15-sentabrdan Jidda va Toshkent o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniyaning taʼkidlashicha, mamlakatlar oʻrtasidagi yangi toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar Haj va Umra ziyoratiga boradigan ziyoratchilar, tadbirkorlar va sayyohlarni tashish imkoniyatlarini kengaytiradi. Parvozlar Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

FlyNas (sobiq Nas Air) Saudiya Arabistonida joylashgan arzon aviatashuvchi hisoblanadi. Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan. Flynas ketma-ket besh yil davomida World Travel Awards mukofoti va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqdagi yetakchi arzon aviakompaniya deb topilgan.