Google Play Storeda ilovalar «sifati» haqida ham maʼlumotlar taqdim etilishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, Google tez orada foydalanuvchilarga Play Store doʼkonidagi ilovalarning "sifati" haqida ham maʼlumot berishni boshlaydi. Bu bilan kompaniya sifatsiz ilovalarni tavsiyanomalardan olib tashlab, koʼproq yuqori sifatli ilovalarga urgʼu bermoqchi.

Maʼlum boʼlishicha, ilova sifatli yoki sifatsizligi foydalanuvchilar tomonidan qabul qilingan buzilish, ilova javob bermay qolishi holatlariga koʼra belgilandi. Bunda Google Play Storedagi sifatsiz ilovaning "Oʼrnatish" tugmasi ostida qizil rangdagi "Shunga oʼxshash qurilmalardan olingan soʼnggi maʼlumotlar ushbu ilova qurilmangizda toʼgʼri ishlamasligi mumkinligini koʼrsatadi" yozuvli xabarini koʼrsatadi. Ilova dasturchilari esa ushbu xabar chiqmasidan avval xatoliklarni toʼgʼrilash yoki ilova sifatini yaxshilash kerakligi haqida ogohlantiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu tizim 30-noyabrdan boshlab ishga tushirilishi kutilmoqda.