GUMBAZ – tadbirkor va haridor uchun qulay yangi bozor

 Bugun poytaxtning Yashnobod tumanida qurilish mollari bilan savdo qiluvchi GUMBAZ nomli yangi bozor faoliyat boshladi. Mazkur savdo kompleksining boshqa bozorlardan farqli jihati uning yangi uslubdagi shakli, joylashuvining haridorlar uchun qulayligidir. Xususan,Toshkent halqa avtomobilь yoʼlida joylashgan mazkur bozor yer usti metrosiga yaqinligi barcha haridorlarga manzur boʼlmoqda. 
Bu yerdan qurilish sohasida zarur boʼladigan barcha mahsulotlarni topish mumkin. 
Ushbu yangi platformada tadbirokrlarga oʼz kasbining ustasi boʼlgan menendjerlar savdo masalalari va uni tashkil etish boʼyicha maslahatlar berib boradilar.
Majmuaning ochilish marosimidagi sanʼat yulduzlari ishtirokidagi kontsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bagʼishladi.