Hindiston «Agni V» ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

“India Today”ning mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, Hindiston yadroviy quvvatga ega “Agni V” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan oʼtkazgan.
“Hindiston bugun yadroviy quvvatga ega “Agni V” ballistik raketasining tungi sinovlarini muvaffaqiyatli oʼtkazdi. Jarayon davomida raketada yangi texnologiyalar va uskunalar sinab koʼrildi, endi u avvalgidan ancha yengil”, — deyiladi xabarda.






