Hindiston kompaniyasi Namangan viloyati to‘rtta loyihasi doirasida 25 million dollardan ziyod investitsiya kiritadi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Hindistonning “Ishan Group” kompaniyasi raisi Rakesh Kumar Sharma o‘rtasidagi uchrashuvda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish xususida so‘z bordi.

Viloyat hududida ayni paytda Hindiston sarmoyasi ishtirokidagi 11 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili hind investorlari tomonidan 5,4 million dollar xorijiy investitsiya mablag‘lari yo‘naltirildi. Joriy yilda esa to‘rtta loyiha doirasida 25 million dollardan ziyod investitsiyalar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi “Ishan Group” kompaniyasi tomonidan Namanganda agrar sohani taraqqiy ettirish borasida taklif etilayotgan istiqbolli loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini oshirish rejalashtirilgan.