Humo yana o‘yinga qaytdi

Toshkentning “Humo” xokkey klubi ikki yildan so‘ng Qozog‘iston chempionati – PRO Hokei Ligasi (QHL)ga qaytdi.
Ma’lumotlarda, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi bilan prinsipial kelishuvga erishilgani qayd etilmoqda. Shuningdek, QHL boshqaruvchi direktori Andrey Sachuk “Humo” avgust oyining ikkinchi yarmida Qozog‘iston kubogida o‘ynashni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
“Humo yana o‘yinga qaytdi. Klub koronavirus pandemiyasi sababli ikki yillik tanaffusdan so'ng keyingi mavsumda Pro Xokey Ligasidagi ishtirokini tiklaydi. Umid qilamizki, bu yangilik O‘zbekiston va Qozog‘iston xokkey muxlislarini xursand qiladi. Qozog'iston chempionatida kuchli mahoratli jamoalar yig'ilgan va chempionat saviyasi ancha yuqori. Ishonamanki, “Humo” chempionatidagi ishtirok yurtimizda xokkeyni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi”,- deya ta’kidlagan O‘zbekiston xokkey federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bahodir G‘ofurovning bo‘lajak chempionat haqida.






