Ilmiy darajali texnikum oʼqituvchilarining ish haqi oliygoh oʼqituvchilarinikiga tenglashtiriladi

Oliy taʼlim vazirligiga ayrim taʼlim yoʼnalishlarini oliygohdan texnikumga berish lozimligi koʼrsatib oʼtildi. Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama ishi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Аndijon mashinasozlik institutidagi avtomobil servisi yoʼnalishlarini texnikumlarga oʼtkazish boʼyicha yetarli baza mavjud.

Bunday kasblar oʼnlab topiladi.

Shu bois, texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga:

oliygohlarda oʼqitilayotgan kamida 60 ta yoʼnalishni texnikumlarga oʼtkazish;

texnikumlarni oʼtkaziladigan taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv dasturlari va darsliklar bilan taʼminlash;

texnikumlarda oʼzining kafedralari filiallari va oʼquv laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.

Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum oʼqituvchilarining ish haqi oliygoh oʼqituvchilarinikiga tenglashtiriladi.